fbpx Betguru » APL. «Nyukasl» 20 yillik tanaffusdan so‘ng YeCHLga yo‘l oldi
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

APL. «Nyukasl» 20 yillik tanaffusdan so‘ng YeCHLga yo‘l oldi

Angliya chempionatining 37-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yinda «Nyukasl» o‘z maydonida «Lester»ni qabul qildi. Bellashuvda hisob ochilmadi.

Natijada «Nyukasl» ochkolarini 70taga yetkazib, oxirgi tur oldidan Chempionlar Ligasi (20 yillik tanaffusdan so‘ng) yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi 5-pog‘onadagi «Liverpul» Eddi Hau jamoasiga yeta olmaydi.

«Lester» esa 31 ochko bilan 18-pog‘onaga ko‘tarildi. «Tulkilar» ligada qolish uchun so‘nggi turda o‘z uyida «Vest Hem»ni (33) mag‘lub etishi va 17-o‘rindagi «Everton» «Bornmut» bilan bahsda ochko yo‘qotishi kerak.

APL. 37-tur. 22 may
Nyukasl — Lester 0:0

image