fbpx Betguru » APL. «MYU» safarda «Sheffild»ni mag‘lub etdi
Thursday, 9 May 2024
← Go to the news

APL. «MYU» safarda «Sheffild»ni mag‘lub etdi

APL 9-turi doirasida «MYU» safarda «Sheffild Yunayted» mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvda Maktominey hisobni ochgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay to‘p Skottning qo‘lga tekkach, penalti belgilangan va mezbonlar hisobni tenglashtirishdi. 77-daqiqada esa Dalotning goli Erik ten Hag jamoasiga g‘alabani keltirdi – 2:1.

Shu tariqa, «MYU» 15 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. «SHYu» esa 1 ochko bilan so‘nggi o‘rindan joy olgan.

APL. 9-tur

Sheffild Yunayted – Manchester Yunayted 1:2

Gollar: 0:1 – 28 Maktominey, 1:1 – 34, penalti Makberni, 1:2 – 77 Diogu Dalot.

Sheffild Yunayted – Foderingem, Bogl, Robinson, Trasti, Tomas, Makati (Osborn, 78), Xamer (Traore, 84), Norvud, Vinisius, Makberni (Bryuster, 52), Archer.

Manchester Yunayted – Onana, Diogu Dalot, Evans (Varan, 84), Maguayr, Lindelef, Brunu Fernandesh, Amrabat, Maktominey (Eriksen, 63), Antoni (Garnacho, 64), Reshford (Maunt, 88), Hoylund (Marsyal, 63).

image