fbpx Betguru » APL. «Fulhem» — «Lester» o‘yinida 8ta gol urildi, «Brayton»da 1:5
Sunday, 5 May 2024
← Go to the news

APL. «Fulhem» — «Lester» o‘yinida 8ta gol urildi, «Brayton»da 1:5

Angliya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin yakunlandi.

«Fulhem» (48, 10-o‘rin) 8ta gol urilgan bahsda o‘z maydonida «Lester»dan (30, 17-o‘rin) ustun keldi. Mezbonlar safida Villian va Kerni, mehmonlardan Barns dublga erishdi.

«Brayton» (55, 7-o‘rin) esa kutilmaganda o‘z uyida «Everton»ga (32, 16-o‘rin) 1:5 hisobida yutqazdi. Mersisaydliklardan Dukure va Maknil 2tadan gol urishdi.

APL. 35-tur. 8 may

Brayton — Everton 1:5

Gollar: Mak Allister (79) — Dukure (1, 29), Stil (35, avtogol), Maknil (76, 90+6).

Brayton – Stil, Dank, Uebster (Koluill, 46), Estupinyan, Mak Allister, Kaysedo, Mitoma, Buonanotte (March, 46; Gilmur, 78), Gross, Uelbek (Fergyuson, 46), Undav (Ensiso, 46).

Everton – Pikford, Patterson, Tarkovski, Mina, Mikolenko, Guye (Onana, 87), Dukure, Garner, Ivobi, Maknil, Kelvert-Lyuin (Mope, 87).

Ogohlantirishlar: Mina (18), Dank (21), Guye (25), Kelvert-Lyuin (45), Dukure (56), Onana (80).

Fulhem — Lester 5:3

Gollar: Villian (10, 70), Vinisius (18), Kerni (44, 51) — Barns (59, 89), Meddison (81, penalti).

Aniq amalga oshirilmagan penalti: Vardi (66).

Fulhem – Leno, Tete, Adarabioyo, Diop (Daffi, 77), Robinson, Kerni (Dekordova-Rid, 82), Rid (Lukich, 77), Uilson (Kebano, 82), Palinya, Villian (Solomon, 82), Vinisius.

Lester – Iversen, Kastan, Fas, Suyunchi, Kristiansen (Tomas, 76), Prat (Tete, 46), Tilemans (Ndidi, 60), Meddison, Sumare (Dyuzberi-Holl, 76), Barns, Vardi (Daka, 76).

Ogohlantirishlar: Barns (24), Meddison (58), Sumare (70).

image