fbpx Betguru » APL. «Arsenal» safarda «Nyukasl»ni mag‘lub etib, «Siti» bilan farqni bir ochkoga yetkazdi
Sunday, 5 May 2024
← Go to the news

APL. «Arsenal» safarda «Nyukasl»ni mag‘lub etib, «Siti» bilan farqni bir ochkoga yetkazdi

APL 35-turi doirasidagi markaziy o‘yin yakuniga yetdi.

Chempionlik uchun kurashayotgan «Arsenal» safarda YeCHL yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan «Nyukasl»ga qarshi saf tortdi. Uchrashuvda Edegor va 2-bo‘limda Sherning avtogoli London klubiga safarda muhim g‘alabani keltirdi – 2:0.

Shu tariqa, «Arsenal» 81 ochko bilan peshqadam «Siti» (82) bilan oradagi farqni bir ochkoga yetkazdi. Manchesterliklar hisobida bir o‘yin zaxirasi bor. «Nyukasl» esa 65 ochko bilan hozircha 3-o‘rinda bormoqda.

APL. 35-tur
Nyukasl – Arsenal 0:2
Gollar: 0:1 – 14 Edegor, 0:2 – 71, avtogol Sher.
Nyukasl – Poup, Tripper, Sher, Botman, Bern (Targett, 82), Bruno Gimaraes, Uillok (Sen-Maksimen, 78), Merfi (Almiron, 65), Joelinton (Anderson, 81), Uilson (Gordon, 78), Isak.
Arsenal – Remsdeyl, Uayt, Gabriel, Kiver, Zinchenko (Tirni, 61), Jaka, Jorjino, Edegor (Parti, 80), Saka (Nelson, 87), Martinelli (Trossar, 80), Gabriel Jezus (Nketia, 87).

image