fbpx Betguru » APL. «Arsenal» «Chelsi» bilan bahsda kambek qilib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Thursday, 9 May 2024
← Go to the news

APL. «Arsenal» «Chelsi» bilan bahsda kambek qilib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

APL 9-turi doirasidagi markaziy o‘yin Londonda bo‘lib o‘tdi.

Derbida Palmer 15-daqiqada penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, 48-daqiqada Mudrik «Chelsi»ning ikkinchi goliga mualliflik qildi – 2:0.

77-daqiqaga kelib Rays hisobni qisqartirgan bo‘lsa, zaxiradan maydonga tushgan Trossar 84-daqiqada jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi – 2:2.

Shu tariqa, «Chelsi» 12 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda, «Arsenal» esa 21 ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarildi.

APL. 9-tur.
Chelsi – Arsenal 2:2
Gollar: 1:0 – 15, penalti Palmer, 2:0 – 48 Mudrik, 2:1 – 77 Rays, 2:2 – 84 Trossard.
Chelsi – Sanches, Gyusto, Tiago Silva, Koluill, Kukurelya, Gallaxer, Mudrik (Jekson, 66), Fernandes, Kaysedo, Palmer (Jeyms, 84), Sterling (Madueke, 84).
Arsenal – Rayya, Uayt, Gabriel, Saliba, Zinchenko (Tomiyasu, 46), Jorjino (Smit-Rou, 68), Edegor (Haverts, 78), Rays, Martinelli (Trossard, 78), Saka, Gabriel Jezus (Nketia, 68).

image