fbpx Betguru » Alderveyreldning 90+4-daqiqadagi super goli «Antverpen»ga 66 yil kutilgan chempionlikni keltirdi
Monday, 6 May 2024
← Go to the news

Alderveyreldning 90+4-daqiqadagi super goli «Antverpen»ga 66 yil kutilgan chempionlikni keltirdi

«Antverpen» 2022/23 yilgi mavsumda Belgiya chempioniga aylandi.

Oxirgi tur oldidan Mark van Bommel shogirdlari 46 ochko bilan chempionlik poygasida peshqadamlik qilayotgandi. «Yunion Sent-Jillua» ham xuddi shuncha ochkoga ega edi, «Genk»da 45, «Bryugge»da 33 ochko bor edi. So‘nggi turda birinchi o‘rin uchinchi bilan, ikkinchisi to‘rtinchi bilan o‘ynadi.

46-daqiqada «Yunion» «Bryugge» darvozasini ishg‘ol qildi, 75-daqiqada «Genk» «Antverpen» bilan o‘yinda 2:1 hisobida oldinga chiqib oldi.

«Yunion» 89-daqiqagacha turnir jadvalida peshqadamlik qildi va o‘sha daqiqada «Bryugge»dan (keyin yana 2ta gol urdi) to‘p o‘tkazib yubordi.

Natijada onlayn jadvalda «Genk» yetakchiga aylandi, ammo o‘yinga qo‘shib berilgan 4-daqiqada «Antverpen» himoyachi Tobi Alderveyreldning zarbasi evaziga hisobni tenglashtirdi va durang bilan mamlakat chempioniga aylandi. Jamoa 1957 yildan so‘ng birinchi marta va o‘z tarixida 5-bor Belgiyada tengsiz klubga aylandi.

«Antverpen» 47 ochko bilan mavsumni yakunladi, «Genk» va «Yunion» 46 ochkodan to‘pladi.

image