fbpx Betguru » A Seriya. «Yuventus» «Atalanta»ni mag‘lub etib, 2-o‘ringa ko‘tarildi
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

A Seriya. «Yuventus» «Atalanta»ni mag‘lub etib, 2-o‘ringa ko‘tarildi

Italiya A Seriyasi 34-turi doirasida «Yuventus» safarda «Atalanta»ga qarshi maydonga tushdi.

Bergamodagi o‘yinda Ayling va Vlahovich tomonidan kiritilgan gollar Turin klubiga muhim g‘alabani keltirdi – 2:0.

Shu tariqa, «Yuve» 34-turdan keyin ochkolari sonini 66taga yetkazib, «Latsio»ni (64) ortda qoldirgan holda 2-o‘ringa ko‘tarildi. «Atalanta» 58 ochko bilan 6-o‘rindan joy olgan.

A Seriya. 34-tur
Atalanta – Yuventus 0:2
Gollar: 0:1 – 56 Ayling, Vlahovich 0:2 – 90+8
Atalanta – Sportello, Dzappakosta, Toloi, Jimshiti, Skalvini, Mele, de Ron, Pashalich (Muriel, 60), Kopmeyners, Ederson (Boga, 49; Soppi, 65), Sapata.
Yuventus – Shchensni, Aleks Sandro, Danilo, Rugani, Kuadrado, Di Mariya (Keza, 82), Rabo, Lokatelli, Fadjoli (Pogba, 65), Milik (Vlahovich, 65), Ayling (Kostich, 82).
Ogohlantirishlar: Rabo (62), Mele (90).

image