fbpx Betguru » A Seriya. «Spetsiya» «Milan»ni mag‘lub etib, «xavfli hudud»dan yuqoriladi
Thursday, 2 May 2024
← Go to the news

A Seriya. «Spetsiya» «Milan»ni mag‘lub etib, «xavfli hudud»dan yuqoriladi

Italiya chempionatining 35-turida «Spetsiya» o‘z maydonida «Milan» ustidan g‘alaba qozondi. Shomurodov zaxirada qoldirilgan bahsda Visnevski va Espositoning gollari mezbonlarga muhim 3 ochko keltirdi.

«Spetsiya» ochkolarini 30taga yetkazib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra «Verona»ni ortda qoldirgan holda 17-o‘ringa qaytdi. 61 ochkosi bor «Milan» (5-o‘rin) top-4ga ko‘tarila olmadi.

A Seriya. 35-tur

Spetsiya — Milan 2:0

13 may, «Alberto Pikko»

Gollar: Visnevski (75), Esposito (88).

Spetsiya – Drongovski, Amyan, Nikolau, Ampadu, Visnevski, Retsa, Ekdal, Burabiya (Jurkovski, 64), Espozito, Gyasi (Kovalenko, 90), Nzola.

Milan – Menyan, Kalulu, Ker, Tomori (Kalabriya, 85), Ernandes (Ballo-Ture, 64), Dias (Adli, 71), Pobega, Salemakers (de Ketelare, 64), Tonali, Rebich (Jiru, 71), Origi.

Ogohlantirishlar: Amyan (38), Dias (52)

image