fbpx Betguru » A Seriya. Pedroning goli «Latsio»ga «Kalyari» ustidan g‘alaba keltirdi
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

A Seriya. Pedroning goli «Latsio»ga «Kalyari» ustidan g‘alaba keltirdi

Italiya chempionatining 14-turida «Latsio» o‘z maydonida «Kalyari»ni qabul qilib, Pedroning tezkor goli evaziga g‘alaba qozondi.

Mehmonlar 27-daqiqadan kamchilikda o‘ynashdi. O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov yana zaxirada qoldirildi.

Sarri jamoasi ochkolarini 20taga yetkazib, 9-o‘ringa chiqib oldi. 10 ochkosi bor «Kalyari» 18-pog‘onaga tushdi.

A Seriya. 14-tur
Latsio — Kalyari 1:0
2 dekabr, «Olimpiko»
Gol: Pedro (8).
Latsio – Provedel, Gabarron, Xila, Marushich, Luis Alberto (Kamada, 56), Genduzi, Rovella (Kataldi, 46), Ladzari, Pedro (Anderson, 70), Isaksen (Vesino, 83), Immobile (Kastelyanos, 70).
Kalyari – Skuffet, Dzappa, Goldaniga (Nandes, 83), Xatsidyakos (Suleymana, 32), Dossena, Assi, Oristanio (Viola, 46), Makumbu, Prati (Pavoletti, 88), Lapadula (Luvumbu, 32), Petanya.
Ogohlantirishlar: Xatsidyakos (12), Nandes (75).
Chetlatish: Makumbu (27).

image