fbpx Betguru » A Seriya. Osimhenning goli «Napoli»ga «Fiorentina» ustidan g‘alaba keltirdi, «Torino»da durang
Tuesday, 30 April 2024
← Go to the news

A Seriya. Osimhenning goli «Napoli»ga «Fiorentina» ustidan g‘alaba keltirdi, «Torino»da durang

Italiya A Seriyasi 34-turi doirasidagi navbatdagi ikki uchrashuv yakuniga yetdi.

O‘tgan turda chempionlikni rasmiylashtirgan «Napoli» muxlislar qarshisida Osimhenning goli evaziga «Fiorentina»ni mag‘lub etib, chempionlik bayramini davom ettirdi.

«Torino» esa «Monsa» bilan durang qayd etdi.

A Seriya. 34-tur
Napoli – Fiorentina 1:0
Gol: 1:0 – 74, penalti Osimhen.
Napoli – Gollini, Di Lorenso, Estigor, Kim Min Chje, Olivera, Demme (Lobotka, 46), Zambo-Angissa, Elmaz (Dzerbin, 84), Losano (Kvaratsxeliya, 45), Raspadori (Zelinski, 46), Osimhen (Simeone, 78).
Fiorentina – Terrachchano, Dodo (Venuti, 46), Igor Julio, Milenkovich, Terzich, Bonaventura (Kastrovilli, 66), Dankan (Mandragora, 67), Amrabat (Kuame, 76), Gonsales, Sottil (Saponara, 76), Yovich.

Torino – Monsa 1:1
Gollar: 1:0 – 46 Sanabriya, 1:1 – 86 Kaprari.
Torino – Milinkovich-Savich, Lazaro (Beey, 82), Rodriges, Djidji, Buondjorno, Voyvoda, Miranchuk (Karamo, 75), Vlashich (Sek, 76), Ilich (Linetti, 76), Richchi, Sanabriya (Adopo, 82).
Monsa – Di Gregorio, Birindelli (Kaprari, 58), Kaldirola (Sensi, 78), Mari (Marlon, 6), Isso, Karlos Augusto, Pessina, Machin (Rovella, 46), Valoti (Petanya, 57), Churria, Mota.

image