fbpx Betguru » A Seriya. «Milan» «Frozinone» ustidan g‘alaba qozondi
Friday, 3 May 2024
← Go to the news

A Seriya. «Milan» «Frozinone» ustidan g‘alaba qozondi

Italiya chempionatining 14-turida «Milan» o‘z maydonida «Frozinone» ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Yovich, Pulishich va Tomorining gollariga Breshianini bir bor javob berdi.

«Milan» ochkolarini 29taga yetkazib, 3-o‘rinni mustahkamlab oldi va «Yuventus» (33) hamda «Inter»ni (32) ta’qib qilishda davom etmoqda. «Frozinone» 18 ochko bilan 11-pog‘onaga joylashgan.

A Seriya. 14-tur
Milan — Frozinone 3:1
2 dekabr, «San-Siro»
Gollar: Yovich (43), Pulishich (50), Tomori (74) — Breshianini (82).
Milan – Menyan, Kalabriya, Tomori, Ernandes, Florensi, Loftus-Chik (Pobega, 79), Reynders (Binnosir, 79), Musa, Pulishich (Traore, 78), Chukvueze (Adli, 64), Yovich (Kamarda, 85).
Frozinone – Turati, Monterizi (Sheddira, 86), Romanoli, Okoli, Oyono, Burabiya (Breshianini, 46), Reyner (Jelli, 57), Barrenechea, Soule, Ibrahimovich (Kazo, 66), Chuni (Kayo Jorje, 66).
Ogohlantirishlar: Barrenechea (63), Yovich (80).

image