fbpx Betguru » A Seriya. «Latsio» «Fiorentina»ni mag‘lub etdi, Skamakkaning dubl va assisti «Atalanta»ga g‘alaba keltirdi
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

A Seriya. «Latsio» «Fiorentina»ni mag‘lub etdi, Skamakkaning dubl va assisti «Atalanta»ga g‘alaba keltirdi

Italiya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan so‘nggi ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi.

«Atalanta» (19) safarda «Empoli» (7, 18-o‘rin) darvozasiga javobsiz 3ta to‘p kiritib, 4-o‘ringa ko‘tarildi. Skamakka dubl va assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

«Latsio» (16, 7-o‘rin) Immobilening 90+5-daqiqada penaltidan kiritgan to‘pi evaziga «Fiorentina»ni (17, 6-o‘rin) mag‘lub etdi.

A Seriya. 10-tur. 30 oktyabr
Latsio — Fiorentina 1:0
Gol: Immobile (90+5, penalti).
Latsio – Provedel, Gabarron, Romanoli, Marushich, Luis Alberto (Vesino, 67), Genduzi (Kamada, 67), Rovella (Kataldi, 63), Ladzari, Felipe Anderson, Dzakkani (Pedro, 77), Kastelyanos (Immobile, 78).
Fiorentina – Terrachchano, Parizi, Martines, Milenkovich, Biragi (Raneri, 79), Bonaventura (Barak, 62), Dankan (Mandragora, 46), Ikone, Artur (Lopes, 71), Gonsales, Beltran (Nzola, 62).
Ogohlantirishlar: Ladzari (31), Dankan (40), Rovella (45), Ikone (45), Bonaventura (55), Dzakkani (66).

Empoli — Atalanta 0:3
Gollar: Skamakka (5, 51), Kopmeyners (29).
Empoli – Berisha, Ebuexi, Luperto, Valyukevich (Ismayli, 63), Kakache, Marin (Bastoni, 82), Grassi, Male (Fatssini, 74), Kambyagi (Jasi, 63), Kancheleri (Maldini, 75), Kaputo.
Atalanta – Musso, Hatebur, Jimshiti, Kolashinats, Skalvini (Toloi, 46), Rudjeri (Bakker, 86), de Ron, Kopmeyners (Pashalich, 66), Ederson, Lukman (Muriel, 76), Skamakka (de Ketelare, 65).
Ogohlantirishlar: Male (33), Kakache (35), Jasi (69), Fatssini (85).

image