fbpx Betguru » A Seriya. «Inter» «Bolonya» bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

A Seriya. «Inter» «Bolonya» bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Italiya A Seriyasi 8-turi doirasida peshqadam «Inter» mavsumda ikkinchi marta ochko yo‘qotdi.

O‘z maydonida «Bolonya»ga qarshi o‘yinda ikki to‘p farqi bilan yutayotgan milanliklar ikkita gol o‘tkazib yuborib, yakunda durang qayd etishdi – 2:2.

Shu tariqa, «Inter» 19 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda, 2-o‘rindagi «Milan» hozircha 18 ochkoga ega. Bolonyaliklar 8-pog‘onada bormoqda.

A Seriya. 8-tur

Inter – Bolonya 2:2

Gollar: 1:0 – 11 Acherbi, 2:0 – 13 Martines, 2:1 – 19, penalti Orsolini, 2:2 – 52 Zirkzeye.

Inter – Zommer, Dumfris (Kuadrado, 55), Acherbi, Pavar, Bastoni, Dimarko (Karlos Augusto, 55), Mxitaryan (Frattezi, 76), Chalxanoglu (Aslani, 83), Barella, Tyuram (Sanches, 55), Martines.

Bolonya – Skorupski, De Silvestri (Koratssa, 83), Bekema, Kalafori, Likoyannis, Froyler, Ebisher, Fergyuson, Orsolini (El-Azzuzi, 83), Ndoye (Salemakers, 61), Zirkzeye (van Xoydonk, 78).

image