fbpx Betguru » A Seriya. «Atalanta» Turinda sobiq hujumchisi tomonidan mag‘lub etildi
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

A Seriya. «Atalanta» Turinda sobiq hujumchisi tomonidan mag‘lub etildi

A Seriya. «Atalanta» Turinda sobiq hujumchisi tomonidan mag‘lub etildi
Italiya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yinda «Atalanta» Turinda «Torino»dan javobsiz 3ta to‘p o‘tkazib yubordi. E’tiborlisi, bergamoliklarning sobiq hujumchisi Duvan Sapata dublga erishdi.

«Torino» ochkolarini 19taga yetkazib, 10-o‘ringa ko‘tarildi. 20 ochkosi bor «Atalanta» 8-pog‘onaga tushdi.

A Seriya. 14-tur
Torino — Atalanta 3:0
4 dekabr, «Olimpiko»
Gollar: Sapata (22, 90+5), Sanabriya (56, penalti).
Torino – Milinkovich-Savich, Bellanova (Jiji, 90), Rodriges, Buonjorno, Tamez, Voyvoda, Linetti (Richchi, 84), Vlashich, Ilich, Sapata, Sanabriya (Karamo, 85).
Atalanta – Musso, Hatebur (Holm, 46), Jimshiti (Bakker, 19), Skalvini, de Ron, Rujeri, Miranchuk (Adopo, 90), Kopmeyners, Ederson, de Ketelare (Pashalich, 57), Lukman (Muriel, 46).
Ogohlantirishlar: Linetti (5), Skalvini (9), Buonjorno (45), de Ron (75).

image