fbpx Betguru » 25 yoshgacha bo‘lgan eng yuqori daromadga ega sportchilar reytingi tuzildi (top-5)
Saturday, 4 May 2024
← Go to the news

25 yoshgacha bo‘lgan eng yuqori daromadga ega sportchilar reytingi tuzildi (top-5)

Forbes jurnali 25 yoshgacha bo‘lgan eng ko‘p maosh oluvchi sportchilar reytingini tuzib chiqdi.

«PSJ» klubi va Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 1-o‘rindan joy oldi. U o‘tgan yili taxminan 120 mln dollar ishlab topgan.

Eng yuqori daromadga ega 5 nafar yosh sportchilar quyidagilar:

  1. Kilian Mbappe (futbol, «PSJ») – 120 mln dollar (sportda – 100 mln, sportdan tashqarida – 20 mln);
  2. Kayler Myurrey (amerikacha futbol, «Arizona») – 70,5 mln dollar (67,5+3 mln);
  3. Maks Ferstappen (avtopoyga, «Red Bull») – 64 mln dollar (60+4);
  4. Erling Holand (futbol, «Manchester Siti») – 52 mln dollar (40+12);
  5. Luka Donchich (basketbol, «Dallas») – 47,2 mln dollar (37,2+10).
image