fbpx Betguru » 23 yoshli Alvares — bir mavsumda ham trebl qayd etib, ham jahon chempioni bo‘lgan ilk futbolchi
Tuesday, 7 May 2024
← Go to the news

23 yoshli Alvares — bir mavsumda ham trebl qayd etib, ham jahon chempioni bo‘lgan ilk futbolchi

Xulian Alvares bir mavsumda ham trebl qayd etgan, ham jahon chempionligini qo‘lga kiritgan birinchi futbolchi bo‘ldi.

«Manchester Siti» hujumchisi 10 iyun kuni Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi. Uning jamoasi hal qiluvchi o‘yinda «Inter»ni mag‘lub etdi (1:0). «Shaharliklar» bungacha Premer-liga va Angliya Kubogida zafar quchishgandi.

2022 yilgi jahon chempionatida esa Alvares Argentina milliy jamoasi bilan oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli futbolchi «Siti»dagi birinchi mavsumini o‘tkazdi.

image