fbpx Betguru » Shomurodov A Seriyaning autsayderi safiga o‘tmoqchi emas
Tuesday, 23 April 2024
← Go to the news

Shomurodov A Seriyaning autsayderi safiga o‘tmoqchi emas


Qishki transfer oynasida «Roma»ni tark etishi kutilayotgan Eldor Shomurodov uni taklif etishga asosiy da’vogarlardan bo‘lib turgan «Kremoneze» taklifini rad etgan.

RomaNews xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik hujumchi Rim klubidan A Seriyada qolish uchun kurash olib borayotgan autsayder jamoa safiga o‘tishni istamagan. «Kremoneze» 15 o‘yindan keyin 7 ochko bilan turnir jadvalida 18-pog‘onada bormoqda.

Qayd etilishicha, Eldor unga yozdan buyon qiziqish bildirishda davom etayotgan «Torino» klubi safiga o‘tmoqchi. U Turin klubi ustozi xorvatiyalik mutaxassis Ivan Yurich bilan birga ishlashga qarshi emas.

Eslatib o‘tamiz, «Roma» norvegiyalik forvard Ola Solbakken bilan shartnoma imzolagach, Joze Mourinoning rejalaridan o‘rin olmayotgan o‘zbekistonlik forvard qishda klubni tark etishi tobora oydinlashmoqda.

Avvalroq, Shomurodovga «Sampdoriya» va «Spetsiya» klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilingandi.

image