fbpx Betguru » Ronaldu 2021 yildagi gollari soni bo‘yicha Messiga yetib oldi, het-triklar bo‘yicha farq kattalashdi
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

Ronaldu 2021 yildagi gollari soni bo‘yicha Messiga yetib oldi, het-triklar bo‘yicha farq kattalashdi

«Manchester Yunayted» va Portugaliya milliy jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu JCH-2022 saralash bosqichi doirasida Lyuksemburg bilan o‘yinda (5:0) het-trik qayd etdi.

Portugaliya safidagi ushbu uchta goli bilan Ronaldu 2021 yildagi jami gollari sonini 38taga yetkazdi va bu borada klubi va milliy jamoasi safida xuddi shuncha gol kiritgan Lionel Messiga yetib oldi.

Faoliyatidagi het-triklar soni bo‘yicha esa Ronaldu argentinalik forvardni ortda qoldirmoqda. Krishtianu hisobda 58ta het-trik, Lionel hisobida esa 55ta het-trik bor.

Ma’lumot uchun, Ronaldu Lyuksemburgga qarshi bahsda milliy jamoa safidagi 115-golini kiritib, bu boradagi jahon rekordini yangiladi

JCH-2022 saralashi. Ronaldudan het-trik, Angliya Vengriyani mag‘lub eta olmadi, Daniya JCHda va boshqa natijalar

Qozog‘iston milliy jamoasi o‘z maydonida Finlandiyaga mag‘lubiyatga uchradi. Qo‘shnilarimiz ketma-ket 14 o‘yindan buyon g‘alaba qozona olishmayapti.

Ukraina Bosniya bilan durang qayd etib, hozircha guruhda 9 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

«I» guruhda esa Angliya Vengriya bilan o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi (1:1) va bir ochko bilan guruhdagi ochkolari sonini 20taga yetkazib, peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Portugaliya Lyuksemburg darvozasiga 5 marta yo‘l topib, shundan 3ta gol Ronaddu hisobiga yozildi. Guruhdagi yana bir bahsda Serbiya Ozarbayjondan ustun kelib, 17 ochko bilan peshqadamlikni saqlab oldi. Portugallar hisobida 1 ochko kam.

«F» guruhida esa Avstriya maksimal ochko – 8 o‘yinda 24 ochko to‘plab, Yevropada Germaniyadan keyin ikkinchi bo‘lib Qatar-2022 yo‘llanmasini naqd qildi.

JCH-2022 saralashi. Yevropa. 8-tur

Qozog‘iston – Finlyandiya 0:2
Gollar: 0:1 – 45 Pukki, 0:2 – 47 Pukki.
Qozog‘iston – Shatskiy, Bistrov (Tapalov, 76), Beysebekov, Alip, Maliy, Vasilev (Tagibergen, 58), Vorogovskiy (Taykenov, 73), Kuat, Jukov (Jaksilikov, 58), Zaynutdinov, Omirtayev (Shetkin, 58).
Finlandiya – Gradetski, Vyaysyanen, Granlund (Raytala, 79), Ivanov, Xyamyalyaynen, Lud (Teylor, 90), Shyuller, Kamara, Nissilya (Riski, 90), Pukki (Valakari, 79), Poxyanpalo (Yensen, 34).

Ukraina – Bosniya va Gersegovina 1:1
Gollar: 1:0 – 15 Yarmolenko, 1:1 – 77 Axmedxodjich.
Ukraina – Pyatov, Timchik, Zabarniy, Krivsov, Sobol, Yarmolenko (Zubkov, 82), Stepanenko, Sigankov (Buletsa, 83), Shaparenko (Sidorchuk, 72), Matviyenko, Yaremchuk (Sikan, 72).
Bosniya va Gersegovina – Shexich, Chivich, Xadjikadunich, Axmedxodjich, Kolashinats (Kovachevich, 90), Xadjiaxmetovich, Stevanovich, Goyak (Prsich, 58), Nalich (Sarich, 58), Jeko, Prevlyak (Demirovich, 82).

Angliya – Vengriya 1:1
Gollar: 0:1 – 24, penalti Shallai, 1:1 – 37 Stounz.
Angliya – Pikford, Uoker, Mingz, Shou, Stounz, Foden, Maunt, Grilish (Saka, 62), Rays, Sterling (Henderson, 76), Keyn (Abraham, 76; Uotkins, 90).
Vengriya – Gulachi, Nego (Bolla, 90), Kechkesh, Salai, Nad, Shallai (Xan, 79), Nad, Soboslai (Nikolich, 90), Shafer (Vechei, 79), Shen (Xolender, 68), Lang.

Bolgariya – Shimoliy Irlandiya 2:1
Gollar: 0:1 – 35 Uoshington, 1:1 – 53 Nedelev, 2:1 – 63 Nedelev.
Bolgariya – Karadjov, Turitsov, Xristov, Xristov, Velkovski, Chochev, Nedelev (Yankov, 73), Sonev (Iliyev, 46), Sonev (Malinov, 73), Despodov (Bojikov, 90), Iliyev (Krastev, 80).
Shimoliy Irlandiya – Pikok-Farrell, Ketkart, Bellard (Makginn, 82), Flenagan, Makneyr, Bredli (Jons, 68), Fergyuson, Devis, Tompson, Uoshington (Charlz, 82), Madjennis (Dallas, 67).

Shvetsiya – Gretsiya 2:0
Gollar: 1:0 – 59, penalti Forsberg, 2:0 – 69 Isak.
Shvetsiya – Olsen, Kraft, Lindelef, Danielsson, Augustinsson, Forsberg (Olsson, 87), Olsson, Ekdal (Kayuste, 82), Klasson (Svanberg, 82), Kvayson (Dekeresh, 87), Isak.
Gretsiya – Vlaxodimos, Yannulis (Limnios, 84), Mavropanos, Simikas, Andrutsos, Masuras (Solis, 71), Siopis (Pelkas, 71), Bakasetas, Buxalakis, Xatsidyakos, Pavlidis (Duvikas, 75).
Chetlatish: Xatsidyakos (86).

Isroil – Moldova 2:1
Gollar: 1:0 – 28 Zaxavi, 2:0 – 49 Dabbur, 2:1 – 90 Nikoleyesku.
Isroil – Marsiano, Dasa (Podgoryanu, 87), Abu-Abayd, Abu-Hanna (Arad, 46), Natxo (Kinda, 64), Menaxem, Perets, Biton, Solomon, Zaxavi, Dabbur (Abada, 74).
Moldova – Avram, Jardan, Armash, Posmak, Ryabchuk, Ionitse, Dros (Spetaru, 64), Kochuk (Ginsar, 46), Ratse, Potirnike (Boloxan, 11), Puntus (Nikoleyesku, 46).
Chetlatish: Ryabchuk (85).

Litva – Shveysariya 0:4
Gollar: 0:1 – 31 Embolo, 0:2 – 42 Shteffen, 0:3 – 44 Embolo, 0:4 – 90 Gavranovich.
Litva – Shetkus, Girdvaynis (Gashpuytis, 89), Shatkus, Barauskas, Slivka (Verbitskas, 46), Baravikas, Lasitskas, Megelaytis (Armanavichyus, 89), Chernix (Velyulis, 83), Laukjyamis (Kazlauskas, 46), Novikovas.

image