fbpx Betguru » La Liga. «Real Sosedad» peshqadam bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi, «Sevilya»da ilk mag‘lubiyat, «Vilyarreal»da g‘alaba
Tuesday, 23 April 2024
← Go to the news

La Liga. «Real Sosedad» peshqadam bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi, «Sevilya»da ilk mag‘lubiyat, «Vilyarreal»da g‘alaba

La Liga 8-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchta uchrashuv yakuniga yetdi. Unda kutilmagan natijalar qayd etildi.

Turnir peshqadami «Real»ning ochko yo‘qotishidan «Real Sosedad» foydalanishi mumkin edi. Ammo San-Sebastyan klubi «Xetafe» maydoniga safar qilib, 1:1 hisobini qayd etdi.

«Vilyayerreal» Dandjumaning dubli evaziga «Betis»dan ustun kelgan bo‘lsa, «Sevilya» «Granada»ga yutqazib, «Atletiko» va «Real»ga yetib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi. Bu Andalus jamoasining mavsumdagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi.

Ushbu bahslardan keyin «Real Sosedad» 17 ochko bilan 3-o‘ringa pastladi. «Sevilya» esa 14 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi. «Vilyarreal» 11 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.

La Liga. 8-tur.

Xetafe – Real Sosedad 1:1
Gollar: 1:0 – 40 Sandro Ramires, 1:1 – 68 Oyarsabal.
Xetafe – Soriya, Suares (Iglesias, 84), Jene, Kuenka, Olivera, Maksimovich, Arambarri (Unal, 75), Florentinu, Alenya (Poveda, 84), Mata (Silva, 75), Sandro Ramires (Masias, 89).
Real Sosedad – Remiro, Gorosabel (Subeldiya, 82), Elustondo, Le Norman, Munos, Merino, Subimendi, Navarro (Barrenechea, 56), Portu (Yanuzay, 82), Oyarsabal, Lobete (Isak, 56).

Vilyarreal – Betis 2:0
Gollar: 1:0 – 45 Dandjuma, 2:0 – 69 Dandjuma.
Vilyarreal – Ruli, Foyt, Mandi, Pau Torres, Estupinyan, Trigeros (Moyses Gomes, 57), Kapu (Iborra, 90), Koklen (Alberto Moreno, 46), Parexo, Pino (Penya, 83), Dandjuma.
Betis – Ruy Silva, Belerin, Pesselya, Edgar Gonsales, Miranda (Moreno, 58), Vilyam Karvalyu (Iglesias, 72), Rodriges, Xuanmi (Telo, 46), Villian Joze (Kamarasa, 72), Fekir, Ruibal (Rodri, 58).

Granada – Sevilya 1:0
Gol: 1:0 – 25 Rochina.
Granada – Luish Mashimianu, Kini, Dias (Xerman Sanches, 76), Abram, Neva, Gonalon, Rochina, Montoro (Puertas, 46), Milya, Soro (Eskudero, 64), Suares.
Sevilya – Bunu, Montel (Navas, 46), Diyego Karlos, Kunde, Akunya, Rakitich (Okampos, 70), Fernando, Jordan (Gomes, 46), Lamela (Oskar Rodriges, 64), Suso (Munir, 46), Rafa Mir.
Chetlatish: Diyego Karlos, 90+1.

image