Joshuaning promouteri britaniyalik bokschi keyingi jangini qachon o’tkazishini ma’lum qildi
36 yoshli Entoni hozircha to’liq mashg’ulotlarga kirishmagan.
Joshuaning promouteri britaniyalik bokschi keyingi jangini qachon o’tkazishini ma’lum qildi
Superog’ir vaznda sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaning promouteri Eddi Hirn britaniyalik bokschining navbatdagi jangi yoz oxiriga rejalashtirilganini ma’lum qildi.
«Avvaliga biz Entoni mart oyida ringga qaytishiga, avgustda esa bilan Tayson-Fyuri bilan jang qilishiga umid qilgan edik. Ammo bu amalga oshmaydi.
Entoni yoz oxirida qaytishiga umid qilaman. Hozircha u to’liq mashg’ulot yig’inini boshlashga tayyor emas. Iyul oyi uchun variantlarni ko’rib chiqyapmiz. Aniq muddatlar esa u to’liq mashg’ulotlarni qayta boshlaganidan keyin ma’lum bo’ladi», — deya Hirnning so’zlarini keltiradi Boxing Scene.
Joshua dekabr oyidagi so’nggi jangida amerikalik videobloger Jeyk Polni nokaut orqali mag’lub etgandi. Yanvar oyida esa 36 yoshli bokschi dahshatli avariyaga uchragan va unda Entonining murabbiylari halok bo’lgan edi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan