fbpx Betguru » Lazizbek Mullajonovning doping-testi musbat natija berdi
Monday, 11 August 2025
← Go to the news

Lazizbek Mullajonovning doping-testi musbat natija berdi

Ikkinchi testda ham ta’qiqlangan modda aniqlansa, o’zbekistonlik bokschi diskvalifikatsiya qilinadi.
Lazizbek Mullajonovning doping-testi musbat natija berdi

Boks bo’yicha Olimpiya o’yinlari chempioni Lazizbek Mullajonov doping sinovidan o’ta olmadi. Bu haqda Xalqaro test agentligi (ITA) ma’lum qildi.

Manbaga ko’ra, Mullajonovdan 2025 yil 11 iyun kuni olingan namunada metasteron moddasi — sintetik anabolik steroid aniqlangan.

ITA bayonotida aytilishicha, Lazizbek «B» namunani ochish huquqiga ega. Agar bu ham musbat natija bersa, u holda sportchi antidoping qoidalarini buzgan deb topiladi. Shuningdek, unga vaziyatni tushuntirib berish imkoniyati beriladi.

Ma’lumot uchun, Lazizbek Mullajonov 2024 yil Parij shahrida bo’lib o’tgan Olimpiya o’yinlarida oltin medalni qo’lga kiritgan, shuningdek, u 2023 yil Toshkentda o’tkazilgan Jahon chempionatida bronza medaliga ega chiqqan.

image