← Go to the news
29.12.2025
742
Boks
Joshua — Pol jangini kutilganidan kamroq tomoshabin kuzatdi
Jang auditoriyasini Pol va Tayson oʻrtasidagi toʻqnashuvga solishtirganda, 3 baravardan ham kamroq kishi tomosha qildi.
Joshua — Pol jangini kutilganidan kamroq tomoshabin kuzatdi
Entoni Joshua va Jeyk Pol oʻrtasidagi jangni butun dunyo boʻylab 33 million tomoshabin kuzatdi. Bu haqida jangning eksklyuziv jonli translyatsiyasini amalga oshirgan Netflix striming xizmati maʼlum qildi.
Taqqoslash uchun, Saul Alvaresning Terens Kroufordga qarshi chempionlik jangi 41 milliondan ortiq tomoshabinni jamlagandi.
Polning Mayk Tayson bilan koʻrgazmali toʻqnashuvini esa 108 million kishi tomosha qilgan.
Eslatib oʻtamiz, Mayamida boʻlib oʻtgan boks oqshomining asosiy jangida Joshua Polni oltinchi raundda nokautga uchratdi. Bloger bokschining jagʻi sindi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan