
Boks. Murodjon Ahmadaliyev va Naoya Inoue janggi rasman e’lon qilindi
Bahs mutlaq jahon chempionligi unvoni uchun o’tkaziladi.
Boks. Murodjon Ahmadaliyev va Naoya Inoue janggi rasman e’lon qilindi
The Ring 14-sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida bo’lib o’tadigan professional boks oqshomini rasman e’lon qildi.
Kechaning asosiy bahsida WBA kamari uchun majburiy da’vogar, o’zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev superyengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni yaponiyalik Naoya Inouega qarshi jang qiladi.
Ma’lumot uchun, Murodjon Ahmadaliyev 2018 yilda prof boksda debyut qilgan. U faoliyati davomida 15 ta jang o’tkazib, 14 ta g’alaba va 1 mag’lubiyat qayd etgan. Janglarining 11 tasi muddatidan avval yakunlangan.
Naoya Inoue esa 2012 yilda professional boksda ilk bor ringga ko’tarilgan va hozirga qadar 30 ta jang o’tkazgan. Janglarining barchasida g’alaba qozongan, 27 tasi esa muddatidan avval yakunlangan.