fbpx Betguru » Boks. Inoue Picasosni yengib, mutlaq chempionlik unvonini saqlab qoldi
Thursday, 1 January 2026
← Go to the news

Boks. Inoue Picasosni yengib, mutlaq chempionlik unvonini saqlab qoldi

Jang to’liq 12 raund davom etdi.

Boks. Inoue Picasosni yengib, mutlaq chempionlik unvonini saqlab qoldi

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida katta professional boks oqshomi bo’lib o’tdi.

Kechaning markaziy jangida eng engil vazn toifasida mutlaq chempion Naoya Inoue meksikalik da’vogar Alan Picasoga qarshi ringga ko’tarildi.

12 raundga mo’ljallangan jang to’liq davom etdi. Unda yaponiyalik yengilmas bokschi 119-109, 118-110, 117-111 hisoblarida g’alabaga erishdi.

Shu tariqa, Inoue o’zidagi barcha kamarlarini va mutlaq chempionlik unvonini saqlab qoldi.

Eslatib o’tamiz, Inoue bundan avvalgi jangini sentabr oyida Murodjon Ahmadaliyevga qarshi o’tkazib, o’z kamarlarini himoya qilgandi.

image