fbpx Betguru » Jalolov – Tompson, Xalokov Yegorovga qarshi. Toshkentdagi boks oqshomida ringga chiqadigan juftliklar ma’lum
Wednesday, 1 May 2024
← Go to the news

Jalolov – Tompson, Xalokov Yegorovga qarshi. Toshkentdagi boks oqshomida ringga chiqadigan juftliklar ma’lum

Toshkentda professional boks olamidagi eng nufuzli tashkilot – Butunjahon boks kengashining (WBC) 61-konvensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur konvensiya doirasida o‘tkaziladigan professional boks musobaqalarida o‘zbekistonlik bokschilar Bahodir Jalolov, Abdumalik Xalakov, Qudratilla Abduqahhorov, Mirazizbek Mirzaxalilovlarning chet ellik raqiblari bilan jangi ham rejalashtirilgani xabar qilingandi. 17 noyabr kuni «Humo arena» majmuasida WBC tomonidan tashkil etilayotgan katta professional boks oqshomida ringga ko‘tariladigan juftliklar bilan tanishing:

-55,2 kg: Avetis Nalbandyan (Armaniston) – Vikash Daxiya (Hindiston)

-57,1 kg: Abdumalik Xalokov (O‘zbekiston) – Oleksandr Yegorov (Ukraina)

-66,6 kg: Qudratillo Abduqahhorov (O‘zbekiston) – Maono Alli (Tanzaniya)

-53,5 kg: Mirazizbek Mirzahalilov (O‘zbekiston) – Runsi Chjou (Xitoy)

-72,5 kg: Anvar Turopov (O‘zbekiston) – Suhrobjon Kayimov (O‘zbekiston)

-69,8 kg: Ermal Xeydribej (AQSH) – Karlos Molina (Meksika)

-63,5 kg: Mujbillo Tursunov (O‘zbekiston) – Yangchen Jin (Xitoy)

-72,5 kg: Meyrimjan Nursutlanov (Qozog‘iston) – Xulio Alamos (Chili)

-52,1 kg: Pedro Guyevara (Meksika) – Karlos Kuadras (Meksika)

+90,7kg: Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Kris Tompson (JAR).

Eslatib o‘tamiz, ushbu yirik tashkilotning bunday tadbiri nafaqat mamlakatimiz, balki Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi bor tashkil etilmoqda. Unda dunyoning 100ga yaqin mamlakatidan delegatlar ishtirok etyapti. Tadbirda Butunjahon boks kengashi prezidenti Maurisio Sulaymon, jahon boksining sobiq yulduzlari Evander Holifild, Konstantin Szyu, Artur Grigoryan ishtirok etmoqda.

Avvalroq, taniqli bokschilar – Tayson Fyuri, Vasiliy Lomachenko kabi mashhur bokschilar ham Toshkentga kelishi, Mayk Tayson ham 16 noyabr kuni poytaxt aeroportida kutib olinishi xabar qilingandi.

image