fbpx Betguru » «Barselona» sobiq himoyachisi JCH-2026dan keyin Meksika milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylanadi
Thursday, 23 April 2026
← Go to the news

«Barselona» sobiq himoyachisi JCH-2026dan keyin Meksika milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylanadi

Kataloniyaning klubi sobiq himoyachisi Rafael Markes Meksika milliy jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanadi.

«Barselona» sobiq himoyachisi JCH-2026dan keyin Meksika milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylanadi

Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq himoyachisi Rafael Markes Meksika milliy jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanadi.

Markes JCH-2026dan keyin jamoa boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi. Bu haqda Meksika futbol Federatsiyasi rahbari (FMF) Duilio Davino Fox Sports efirida ma’lum qildi.

«Rafael bilan shartnoma imzolab bo‘lingan. Murabbiy yordamchisi sifatida ham, murabbiy sifatida ham, u futbolchilik paytida qanday bo‘lgan bo‘lsa, shundayligicha qolgan: jamoani o‘zgartirmoqda», — dedi Davino.

2024-yil yozidan buyon Markes Meksikaning hozirgi bosh murabbiyi Xaver Agirrening shtabida faoliyat olib bormoqda. Bungacha u «Barselona» o‘rinbosarlar tarkibini boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati-2026da Meksika «A» guruhida JAR, Janubiy Koreya va Chexiya milliy jamoalari bilan ro‘baro‘ keladi.

image