«Chelsi» Roseniorni ishdan bo’shatsa, unga qancha tovon puli to’lashi ma’lum
Liam yanvar oyidan beri London klubini boshqarmoqda.
«Chelsi» Roseniorni ishdan bo’shatsa, unga qancha tovon puli to’lashi ma’lum
«Chelsi» klubi bosh murabbiyi Liam Roseniorni iste’foga chiqarmoqchi. Bu haqda Football London nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, «ko’klar» rahbariyati murabbiyni muddatidan oldin iste’foga chiqarsa, unga 24 million funt sterling miqdorida tovon puli to’lashi kerak bo’ladi.
Bunga Liamning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Eslatib o’tamiz, Rosenior yanvar oyida Enzo Mareska o’rnini egallagan edi. Jamoa APL doirasida so’nggi 5 ta o’yinda mag’lub bo’ldi. Birorta ham gol ura olmadi. Hozirda «Chelsi» Angliya chempionati turnir jadvalida 48 ochko bilan yettinchi o’rinni egallab turibdi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan