«Barselona» Torresning jamoada kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelgan — manba
Transfermarkt portali Torresning qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.
«Barselona» Torresning jamoada kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelgan — manba
«Barselona» hujumchisi Ferran Torres mavsum yakuniga yetganidan so‘ng jamoani tark etadi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi forvard bilan xayrlashishga qarorga kelgan. U bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilganicha yo‘q.
Qayd etilishicha, «Barselona» rahbariyati Ferran bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, Torres 2022 yilda «Manchester Siti»dan «Barselona»ga 55 million yevro evaziga o‘tgan edi. Futbolchining «ko‘k-anorranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Bu mavsumda u barcha turnirlarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Torresning qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan