fbpx Betguru » «Manchester Siti» — «Arsenal» bahsida eng yuqori ball olgan futbolchilar e’lon qilindi — WhoScored
Tuesday, 21 April 2026
← Go to the news

«Manchester Siti» — «Arsenal» bahsida eng yuqori ball olgan futbolchilar e’lon qilindi — WhoScored

Abduqodir Husanov ishonchli o‘yini bilan ajralib turdi.

«Manchester Siti» — «Arsenal» bahsida eng yuqori ball olgan futbolchilar e’lon qilindi — WhoScored

WhoScored portali «Manchester Siti» — «Arsenal» (2:1) bellashuvi yakunlari bo‘yicha futbolchilarning reytinglarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, bahsning eng yaxshi futbolchisi sifatida «Siti» yarimhimoyachisi Rayan Sherki e’tirof etildi — 7.9 ball. Erling Holand esa 7.5 ball bilan keyingi o‘rindan joy oldi.

O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham ishonchli o‘yin ko‘rsatib, 7.3 ballga loyiq ko‘rildi.

Ma’lumot uchun, ushbu g‘alabadan so‘ng «Manchester Siti» «Arsenal»ga yaqinlashib, oradagi farqni uch ochkoga yetkazdi va chempionlik poygasida kurashni davom ettirmoqda.

image