Yettita klub 2026/27 yilgi Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi
Yevropaning bosh turniri uchun ilk ishtirokchilar aniq bo‘ldi.
Yettita klub 2026/27 yilgi Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi
2026/2027 yilgi Chempionlar ligasi uchun hozircha yetti jamoa yo‘llanmani naqd qildi. Ular — «Barselona», «Bavariya», «Arsenal», PSV, «Real», «Inter» va «Manchester Siti».
Qayd etilishicha, «Manchester Siti» APLda «Chelsi»ning «Manchester Yunayted»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lishidan so‘ng kuchli beshlikdan tushib ketmasligi aniq bo‘lib, rasman Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, aprel oxiri va may boshida ushbu mavsum yarimfinal bahslari o‘tkaziladi. Unda «PSJ» «Bavariya»ga qarshi, «Atletiko» esa «Arsenal»ga qarshi maydonga chiqadi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda «PSJ» Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan edi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan