fbpx Betguru » OChL-2. «An Nasr»ning yarimfinaldagi raqibi ma’lum bo’ldi
Tuesday, 21 April 2026
← Go to the news

OChL-2. «An Nasr»ning yarimfinaldagi raqibi ma’lum bo’ldi

Ronaldu jamoasi yarimfinalda ham g’alaba qozonsa, finalda Sharq mintaqasi vakiliga qarshi o’ynaydi.

OChL-2. «An Nasr»ning yarimfinaldagi raqibi ma’lum bo’ldi

Osiyo Chempionlar Ligasi-2 musobaqasida G’arb mintaqasidagi ikkinchi yarimfinalchi aniqlandi.

Native Network
BAAda markazlashtirilgan tarzda o’tayotgan bahslarning so’nggi chorakfinalida Qatarning «Al Ahli»si Iordaniyaning «Al Husayn» klubidan ustun kelib, yarimfinalga yo’llanma oldi.

«Al Ahli» finalga chiqish uchun 22 aprel kuni Ronaldu o’ynaydigan «An Nasr»ga qarshi to’qnash keladi va ushbu juftlikda g’alaba qozongan jamoa finalda Sharq mintaqasi vakili — Yaponiyaning «Gamba Osaka» jamoasi bilan turnir g’olibligi uchun maydonga tushadi.

OChL-2. Chorakfinal
Al Ahli Doha (Qatar) — Al Husayn (Iordaniya) 3:1
19 aprel, Dubay.
Gollar: Eksposito (2), Draksler (65), Vlap (90+7, penalti) — Qashi (21).

image