← Go to the news
15.04.2026
12
Futbol
La Liga. “Vilyarreal” Bilbaoda gʻalaba qozondi, “Selta”da sensatsion magʻlubiyat
“Oviedo” soʻnggi 4 oʻyinning 3 tasini yutib, soʻnggi oʻrindan koʻtarildi.
La Liga. “Vilyarreal” Bilbaoda gʻalaba qozondi, “Selta”da sensatsion magʻlubiyat
Ispaniya chempionatining 31-turida “Vilyarreal” (61, 3-oʻrin) Bilbaoda “Atletik”ni (18, 12-oʻrin) magʻlubiyatga uchratib, 3-oʻrinni mustahkamlab oldi.
Sensatsion natija esa Vigoda qayd etildi va unda soʻnggi oʻrindagi “Real Oviedo” (27) “Selta”ga (44, 6-oʻrin) javobsiz 3 ta gol urib, 19-pogʻonaga yuqoriladi.
La Liga. 31-tur. 12 aprel
Atletik — Vilyarreal 1:2
Gollar: Guruseta (84) — Kardona (26), Gonsales (45+5).
Selta — Real Oviedo 0:3
Gollar: Reyna (4), Vinas (45, 57).
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan