fbpx Betguru » CAFA U-17. O’zbekistonda o’tgan turnirda Tojikiston g’olib bo’ldi
Friday, 17 April 2026
← Go to the news

CAFA U-17. O’zbekistonda o’tgan turnirda Tojikiston g’olib bo’ldi

So’nggi turda mezbonlar qo’shnilarni mag’lub eta olishmadi.

CAFA U-17. O’zbekistonda o’tgan turnirda Tojikiston g’olib bo’ldi

Toshkentda o’tgan CAFA U-17 musobaqasi yakuniga etdi.

Chempionlik masalasini hal qiladigan so’nggi turda O’zbekiston (8) Tojikiston (10) darvozasiga yo’l topolmadi va turnirda 2-o’rinni egalladi.

Mezbonlardan tashqari barcha jamoalarni mag’lub etgan tojikistonlik o’smirlar g’oliblikni qo’lga kiritishdi.

Ma’lumot uchun, Ayder Kurbayev boshqaruvidagi O’zbekiston Tojikistongacha Turkmaniston bilan ham durang (3:3) o’ynab qo’ygandi.

CAFA U-17 Championship 2026. 4-tur
O’zbekiston — Tojikiston 0:0
13 aprel. Milliy futbol markazi
O’zbekiston — Berdiev, Hasan O’rolov (Bobirov, 85), Zulfiqorov, Erkinjonov, O’ktamov (Xayrullayev, 46), Nasrulloyev, Emonkpaire, Ro’zimurodov, Mamatov, Husan O’rolov (Akbaraliyev, 85), Ochilov.

image