fbpx Betguru » «Barselona» hakamlikdan norozi, klub UEFAga shikoyat qilishi mumkin
Friday, 10 April 2026
← Go to the news

«Barselona» hakamlikdan norozi, klub UEFAga shikoyat qilishi mumkin

Kataloniyaliklar «Atletiko»ga qarshi bahsdagi bir qator qarorlardan norozi bo‘lmoqda.

«Barselona» hakamlikdan norozi, klub UEFAga shikoyat qilishi mumkin

«Barselona» Chempionlar Ligasi 1/4 finalida «Atletiko»ga qarshi ilk bahs (0:2) yakunlaridan so‘ng hakamlik borasida keskin norozilik bildirmoqda. Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Native Network
Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati bosh hakam Istvan Kovachning ayrim qarorlaridan norozi. Xususan, 54-daqiqada himoyachi Mark Pubil darvoza maydonida qo‘li bilan to‘pga tegib ketgan epizodda penalti belgilanmagani kataloniyaliklarni g‘azablantirgan. VAR ham ushbu vaziyatga aralashmagan.

Shuningdek, «Barselona» Pau Kubarsining chetlatilishi masalasida ham tushunmovchilik borligini ta’kidlamoqda. Dastlab sariq kartochka ko‘rsatilgan epizod VAR orqali qayta ko‘rib chiqilib, qizil kartochkaga o‘zgartirilgan.

Bundan tashqari, kataloniyaliklar «Atletiko» yarim himoyachisi Kokening birinchi bo‘limda maydondan chetlatilishi kerak edi, deb hisoblamoqda.

Qayd etilishicha, aynan shu sabablar tufayli «Barselona» UEFAga rasmiy shikoyat yuborish variantini ko‘rib chiqmoqda.

image