fbpx Betguru » «Yuventus» Bogani «Nitstsa»dan sotib oladi
Friday, 10 April 2026
← Go to the news

«Yuventus» Bogani «Nitstsa»dan sotib oladi

U mart oyida A Seriyaning eng yaxshi futbolchisiga aylangandi.

«Yuventus» Bogani «Nitstsa»dan sotib oladi

«Yuventus» klubi «Nitstsa»dan ijaraga olingan vinger Jeremi Boga bo’yicha bir qarorga keldi.

TuttoSport nashri xabar berishicha, «zebralar» ivuarlik futbolchini 4,8 million yevroga sotib olish variantini faollashtirishni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, futbolchining harakatlari klub murabbiylar shtabida katta taassurot qoldirgan.

Bu mavsumda Boga «Yuventus» safida barcha turnirlar doirasida 10 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta assistni qayd etdi. U mart oyida A Seriyaning eng yaxshi futbolchisiga aylangandi.

image