← Go to the news
09.04.2026
73
Futbol
Keyn «Real»ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin
«Bavariya» hujumchisi jarohatdan hali to‘liq tuzalmagan.
Keyn «Real»ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin
«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn jarohati sabab muhim o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda Sky Sport xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi Angliya milliy jamoasi safida jarohat olgan va shu sabab Yaponiya bilan o‘rtoqlik bahsida ishtirok etmagan.
Hozircha hujumchining to‘pig‘idagi muammo saqlanib qolmoqda va u Bundesligadagi «Frayburg»ga qarshi yaqinlashib kelayotgan bahsni ham o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.
«Bavariya» tibbiy shtabi esa futbolchini 7 aprel kuni «Real»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga tayyorlash uchun harakat qilmoqda. Biroq uning ushbu bahsda maydonga tushishi hali noma’lum.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan