fbpx Betguru » Buffon Italiya milliy jamoasidagi lavozimini tark etdi
Thursday, 9 April 2026
← Go to the news

Buffon Italiya milliy jamoasidagi lavozimini tark etdi

Afsonaviy darvozabon pley-offdagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng iste’foga chiqdi.

Buffon Italiya milliy jamoasidagi lavozimini tark etdi

Italiya milliy jamoasi delegatsiyasi rahbari Janluiji Buffon o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda sobiq darvozabon ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi.

«Bu qaror ich-ichimdan chiqqan hissiyot edi. Yuragimdagi og‘riq va alam bilan bog‘liq. Bizning asosiy maqsadimiz Italiyani jahon chempionatiga qaytarish edi, ammo bunga erisha olmadik.

Endi esa mening o‘rnimga keladigan insonlarga erkin tanlov imkonini berish to‘g‘ri deb hisoblayman», — dedi Buffon.

U qisqa vaqt ichida jamoa ichidagi muhitni yaxshilash va tizimli rivojlanish yo‘lga qo‘yish ustida ishlaganini ham ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Gabriele Gravina ham o‘z lavozimini tark etgani ma’lum qilingan edi.

Ma’lumot uchun, Italiya Bosniya va Hersegovinaga qarshi pley-off finalida 1:1 hisobidan so‘ng penaltilar seriyasida 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, JCH–2026 yo‘llanmasidan mahrum bo‘lgan.

image