fbpx Betguru » Anchelotti JCh-2026ga 26 kishilik ro’yxat uchun 24 futbolchini tanlab bo’lgan
Thursday, 9 April 2026
← Go to the news

Anchelotti JCh-2026ga 26 kishilik ro’yxat uchun 24 futbolchini tanlab bo’lgan

Yana ikki o’ringa uch nomzod da’vogarlik qilmoqda, Neymar masalasi hamon ochiq.

Anchelotti JCh-2026ga 26 kishilik ro’yxat uchun 24 futbolchini tanlab bo’lgan

2026 yili AQSH, Kanada va Meksikada bo’lib o’tadigan jahon chempionati uchun Braziliya milliy jamoasi qaydnomasidagi ikki bo’sh o’ringa uch nafar nomzod bor.

ESPN nashri xabariga ko’ra, jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 26 kishilik ro’yxat uchun 24 nafar o’yinchini allaqachon tanlab bo’lgan.

Manbaga ko’ra, ikki bo’sh joy uchun yarimhimoyachi Lukas Paketa («Flamengo») hamda hujumchilar Endrik («Lion») va Igor Tiago («Brentford») da’vogarlik qilmoqda.

Italiyalik mutaxassis darvozabonlar va himoyachilar ro’yxatini tasdiqlab bo’lgan, ammo yana ikki nafar hujumchini chaqirish yoki bir hujumchi hamda bir yarimhimoyachi tanlash borasida hali qarorga kelmagan.

Nashr ma’lumotiga ko’ra, «Santos» hujumchisi Neymarni tarkibga qo’shish masalasi hamon ochiq qolmoqda. Futbolchining JCh-2026ga chaqiruv olmasligi ham hech qanday ajablanarli holat bo’lmasligi ta’kidlanmoqda.

Oldinroq Anchelotti mundialga boradigan tarkib o’zagini aniqlab olgani va Neymarni yig’inlarga chaqirmayotgani haqida gapirgandi.

image