← Go to the news
09.04.2026
7
Futbol
Holand APLda eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi bo‘lib turibdi
«Manchester Siti» hujumchisi oyiga 2,63 mln yevro ishlab topmoqda.
Holand APLda eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi bo‘lib turibdi
L’Équipe nashri Angliya Premyer-ligasidagi eng yuqori maosh oluvchi futbolchilar va murabbiylar reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand oyiga 2 630 000 yevro bilan birinchi o‘rinda bormoqda.
Top-5 futbolchilar maoshi quyidagicha:
- Erling Holand («Manchester Siti») — 2 630 000 yevro
- Muhammad Saloh («Liverpul») — 2 000 000 yevro
- Kazemiro («Manchester Yunayted») — 1 750 000 yevro
- Virjil van Deyk («Liverpul») — 1 750 000 yevro
- Bruno Fernandesh («Manchester Yunayted») va Bukayo Saka («Arsenal») — 1 500 000 yevro
Murabbiylar orasida esa «Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola yetakchilik qilmoqda — uning oylik maoshi 1 920 000 yevroni tashkil etadi.
Keyingi o‘rinlarda Mikel Arteta («Arsenal») — 1 250 000 yevro va Unai Emeri («Aston Villa») — 770 000 yevro bilan joylashgan.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan