«Chelsi» 12 oy ichida agentlarga 65 mln funtdan ortiq mablag’ to’ladi
APL klublari 1 yil ichida agentlarga jami 460 mln funtdan ortiq mablag’ to’lagan.
«Chelsi» 12 oy ichida agentlarga 65 mln funtdan ortiq mablag’ to’ladi
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) 2025 yil fevral oyidan 2026 yil fevral oyigacha bo’lgan davrga oid ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko’ra, bu vaqt oralig’ida APL klublari agentlarga jami 460 million funtdan ortiq mablag’ to’lagan.
Bu ko’rsatkich bo’yicha «Chelsi» barchani ortda qoldirdi. Klub agentlarga rekord darajada, ya’ni 65 million funt to’ladi.
Ro’yxatda keyingi o’rinni «Aston Villa» egallagan va jamoa 38,4 million funt sarflagan. Keyingi o’rinlarda «Manchester City» (37,36 mln), «Liverpul» (33,8 mln), «Arsenal» (32,15 mln), «Manchester United» (31,78 mln), «Vulverhempton» (25,96 mln), «Tottenhem» (21,38 mln) va boshqalar joy olgan.
APL klublari orasida eng kam mablag’ to’lagan jamoa «Byornli» bo’lib, klub 12 oy davomida agentlarga 7,36 million funt sarflagan. Avvalroq APLda hakamlarning xatolari o’tgan mavsumga nisbatan oshgani ma’lum qilingandi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan