← Go to the news
09.04.2026
7
Futbol
A Seriyaning eng koʻp maosh oluvchi futbolchi va murabbiylari maʼlum qilindi
Oʻyinchilar orasida Vlahovich 1-oʻrinda.
A Seriyaning eng koʻp maosh oluvchi futbolchi va murabbiylari maʼlum qilindi
Fransiyaning LʻEquipe nashri A Seriyaning eng koʻp maosh oluvchi futbolchi va murabbiylari reytingini tuzdi.
Oʻyinchilar orasida 1-oʻrinda “Yuventus” forvardi Dushan Vlahovich turadi. U oyiga 1,85 million yevro oladi.
Top-5 quyidagicha:
- Dushan Vlahovich (“Yuventus”) – oyiga 1,85 mln yevro;
- Lautaro Martines (“Inter”) – 1,39 mln yevro;
- Paulo Dibala (“Roma”) – 1,08 mln yevro;
- Nikolo Barella (“Inter”) – 1 mln yevro;
- Hoqon Chalxonoʻgʻli (“Inter”), Jonatan Devid (“Yuventus”), Kevin de Bryuyne (“Napoli”) – 930 ming yevro.
Murabbiylar orasida esa eng koʻp maosh Antonio Kontega (“Napoli”, oyiga 1,3 mln yevro) beriladi. Uchlikdan Massimiliano Allegri (“Milan”) va Jan Piyero Gasperini (“Roma”) oʻrin olgan — 800 ming yevrodan.
Avvalroq APL hamda La Liganing eng koʻp maosh oluvchi oʻyinchilari roʻyxati eʼlon qilingandi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan