← Go to the news
09.04.2026
4
Futbol
Liga 1ning eng koʻp maosh oluvchi oʻyinchi va murabbiylari eʼlon qilindi — top-15da “PSJ”ning 14 futbolchisi
Dembele reytingni boshqarmoqda.
Liga 1ning eng koʻp maosh oluvchi oʻyinchi va murabbiylari eʼlon qilindi — top-15da “PSJ”ning 14 futbolchisi
LʻÉquipe nashri Fransiya yuqori divizionining eng koʻp maosh oluvchi futbolchi va murabbiylari roʻyxatini maʼlum qildi.
Eʼtiborlisi, oʻyinchilar orasida top-15da «PSJ»ning 14 aʼzosi oʻrin oldi.
Top-15:
- Usmon Dembele (“PSJ”) – oyiga 1,5 million yevro
- Markinos (“PSJ”) – 1,12 mln yevro
3-4. Ashraf Hakimi, Lyuka Ernandes (ikkalasi – “PSJ”) – 1,1 mln yevro - Uorren Zair-Emeri (“PSJ”) – 950 ming yevro
6-8. Vitinya, Xvicha Kvarasxeliya, Joau Nevesh (hammasi – “PSJ”) – 900 ming yevro
9-11. Nunu Mendesh, Vilyan Pacho, Fabian Ruis (hammasi – “PSJ”) – 800 ming yevro - Bredli Barkolya (“PSJ”) – 550 ming yevro
13-15. Dezire Due, Lyuka Shevale (ikkalasi – “PSJ”), Piyer-Emil Hyoyberg – (“Marsel”) – 500 ming yevro.
Liga 1da eng koʻp maosh oladigar murabbiylar beshligi:
- Luis Enrike (“PSJ”) – 1 mln yevro
- Paulu Fonseka (“Lion”) – 350 minn gvro
- Habib Beye (“Marsel”) – 230 ming yevro
- Bruno Jenezio (“Lill”) – 220 ming yevro
- Frank Es (“Renn”) – 180 ming yevro
Avvalroq A Seriyaning eng koʻp maosh oluvchi futbolchi va murabbiylari eʼlon qilingandi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan