Oʻzbekiston U23 jamoasi oʻrtoqlik oʻyinida Rossiyaga magʻlub boʻldi
Firdavs Abdurahmonov yagona golga mualliflik qildi.
Oʻzbekiston U23 jamoasi oʻrtoqlik oʻyinida Rossiyaga magʻlub boʻldi
Ravshan Haydarov murabbiyligidagi Oʻzbekiston U-23 jamoasi Antaliyadagi yigʻin doirasida Rossiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushdi.
Uchrashuvda rossiyaliklar 1-daqiqada hisobni ochgan boʻlsa, 44-daqiqada «Dinamo» hujumchisi Firdavs Abdurahmonovning ajoyib goli bilan Oʻzbekiston U23 jamoasi hisobni tenglashtirdi – 1:1.
Ikkinchi boʻlimda esa ruslar 60-daqiqada ikkinchi golni urib, yakunda gʻalabaga erishdi – 2:1.
Haydarov jamoasi keyingi uchrashuvi 30 mart kuni Albaniyaga qarshi oʻtkazadi.
Oʻrtoqlik oʻyini. 27 mart
Rossiya U23 – Oʻzbekiston U23 – 2:1
Gollar: Andrey Ivlev 1ʼ, Gleb Popilotov 60ʼ — Firdavs Abdurahmonov 44ʼ.
Oʻzbekiston U23: Samandar Muratbaev, Dilshod Murtazoyev (Narimon Ahmadonov 63ʼ), Gʻiyosjon Rizaqulov, Ravshan Xayrullaev (Muhammedali Reimov 72ʼ), Sardor Bahromov (Rustam Fomin 63ʼ), Saidumarxon Saidnurullayev (Nurlan Ibraimov 63ʼ), Muhammadali Oʻrinboev (Ollobergan Karimov 72ʼ), Firdavs Abdurahmonov (Javohir Ubaydullaev 72ʼ), Dilshod Abdullayev, Amirbek Saidov (Asilbek Jumaev 46ʼ), Muhammadbobur Karimov (Roʻziboy Fayzulloyev 82ʼ).
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan