«Man Siti» Tonali va Livramento uchun to’rt nafar futbolchini taklif qilmoqchi
«Nyukasl» Tonalining transferini 115 mln yevroga baholamoqda.
«Man Siti» Tonali va Livramento uchun to’rt nafar futbolchini taklif qilmoqchi
«Manchester Siti» «Nyukasl» yarimhimoyachisi Sandro Tonalini o’z safiga qo’shib olish uchun kurashda ishtirok etmoqda. Shuningdek, «shaharliklar» «qarg’alar»ning o’ng qanot himoyachisi Valentino Livramentoga bo’lgan qiziqishini saqlab qolmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, «Manchester Siti» ehtimoliy transferlar bo’yicha kelishuvga erishish uchun «Nyukasl»ga bir nechta futbolchilarni taklif qilishga tayyor. «Qarg’alar»ni qiziqtirishi mumkin bo’lgan o’yinchilar qatorida darvozabon Jeyms Trafford, himoyachilar Riko Lyuis, Issa Kabore va Juma Ba tilga olinmoqda.
Qayd etilishicha, «Nyukasl» Tonalining transferini 115 million yevroga baholamoqda. Bu esa yarimhimoyachining faoliyatini Angliyada davom ettirishi ehtimolini oshiradi, chunki unga qiziqish bildirgan Italiya klublari bunday summani to’lashga qodir emas.
Avvalroq «Nyukasl» evrokuboklarga chiqa olmasa, Tonalini sotib yuborishi ma’lum qilingandi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan