fbpx Betguru » Grizmann «Orlando City»da yiliga 10 mln yevro maosh oladi — manba
Friday, 27 March 2026
← Go to the news

Grizmann «Orlando City»da yiliga 10 mln yevro maosh oladi — manba

Antuan yangi jamoasi bilan ikki yillik bitim imzolaydi.

Grizmann «Orlando City»da yiliga 10 mln yevro maosh oladi — manba

«Atletiko» forvardi Antuan Grizmann faoliyatini «Orlando City»da davom ettirish arafasida.

Jurnalist Fabris Xoakins xabar berishicha, fransiyalik 35 yoshli futbolchi yangi jamoasida yiliga taxminan 10 million yevro atrofida maosh oladi. Biroq u soliqlar hisoblangunga qadar yoki undan keyingi toza daromadmi, bunga aniqlik kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, Grizmann Capology ma’lumotlariga ko’ra, «matraschilar»da soliqlar bilan birgalikda yiliga 9,38 million yevro maosh oladi.

Avvalroq Antuan MLS klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolashi ma’lum bo’lgan edi.

image