«Real» sobiq futbolchisi: «Valverde superyulduzga o’xshamasa-da, u allaqachon shunday maqomga ega»
Michel Gonsales urugvaylik yarimhimoyachi haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
«Real» sobiq futbolchisi: «Valverde superyulduzga o’xshamasa-da, u allaqachon shunday maqomga ega»
«Real» sobiq futbolchisi Michel Gonsales klubning urugvaylik yarimhimoyachisi Federiko Valverde haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
«Federiko «Real» afsonasiga aylanish sari harakat qilmoqda. Uni jamoaning boshqa futbolchilari bilan taqqoslash mumkin emas, bu adolatsizlik bo’ladi.
Valverde superyulduzga o’xshamasa-da, u allaqachon shunday maqomga ega», — dedi Gonsales Marca nashriga bergan intervyusida.
27 yoshli urugvaylik futbolchi bu mavsum La Ligada 28 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 7 ta assist amalga oshirdi. Avvalroq Valverde «Real»da fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan