← Go to the news
19.03.2026
119
Futbol
Levandovski «Barsa»da qolish uchun maoshini kamaytirishga tayyor
Uning klub bilan bitimi mavsum yakunida nihoyasiga yetadi.
Levandovski «Barsa»da qolish uchun maoshini kamaytirishga tayyor
«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski jamoada qolishni xohlamoqda, deya xabar beradi Mundo Deportivo nashri.
Manbaga ko’ra, polshalik 37 yoshli forvard jamoada qolish uchun maoshini kamaytirishga ham tayyor. Shuningdek, u zaxirada futbolchisi bo’lishga ham qarshi emas.
Eslatib o’tamiz, uning klub bilan bitimi mavsum yakunida nihoyasiga yetadi.
Futbolchining agenti Pini Zahavi Levandovskining kelajagi borasida «Barselona» bilan muzokara olib borgani yo’q.
Ma’lumot uchun, Robert «anorranglilar» safida 182 ta o’yinda maydonga tushib, 115 ta gol urgani va 23 ta assistni qayd etgani ma’lum.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan