Chempionlar Ligasi finali uchun chipta narxlari ma’lum bo’ldi
Chiptalar faqat UEFA rasmiy sayti orqali sotiladi.
Chempionlar Ligasi finali uchun chipta narxlari ma’lum bo’ldi
2026 yildagi UEFA klublar o’rtasidagi musobaqalarining 4 ta finali uchun chiptalarni keng jamoatchilikka sotish boshlandi. Chiptalar faqat UEFA rasmiy sayti orqali sotiladi.
Hozirda narxlar Osloda bo’lib o’tadigan ayollar o’rtasidagi Chempionlar Ligasi finali uchun 20 yevrodan, Budapeshtdagi erkaklar o’rtasidagi Chempionlar Ligasi finali uchun esa 70 yevrodan boshlanadi.
Avvalgi yillarda bo’lgani kabi chiptalarning asosiy qismi finalda ishtirok etuvchi jamoalar muxlislari va keng jamoatchilik o’rtasida taqsimlanadi. Keng jamoatchilik uchun chiptalar «jonli navbat» asosida emas, balki arizalar topshirish muddati yakunlangandan so’ng lotereya orqali taqsimlanadi.
Chempionlar Ligasi finalida stadion o’rinlarining 40 foizdan ortig’i finalchilar muxlislari uchun eng arzon toifalarda ajratiladi. Ayollar o’rtasidagi Chempionlar Ligasi finalida esa chiptalarning 60 foizdan ortig’i 40 yevro yoki undan arzon narxda bo’ladi.
Yevropa Ligasi finali 20 may kuni Turkiyaning Istanbul shahrida bo’lib o’tadi. Chipta narxlari 40 yevrodan 240 yevrogacha.
Ayollar o’rtasidagi Chempionlar Ligasi finali 23 may kuni Norvegiyaning Oslo shahrida o’tkaziladi. Narxlar 20 yevrodan 70 yevrogacha.
Konferensiyalar Ligasi finali 27 may kuni Germaniyaning Leyptsig shahrida bo’lib o’tadi. Chiptalar 25 yevrodan 190 yevrogacha.
Chempionlar Ligasi finali 30 may kuni Vengriyaning Budapesht shahrida o’tkaziladi. Chipta narxlari 70, 180, 650 va 950 yevroni tashkil qiladi.
Avvalroq jahon chempionati o’yinlari uchun chiptalarga bo’lgan talab rekord darajaga yetgani ma’lum qilingandi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan