Finalissima bekor qilindi. Ispaniya milliy jamoasi endi kim bilan o‘ynaydi?
Ispaniya milliy jamoasi Serbiyaga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi.
Finalissima bekor qilindi. Ispaniya milliy jamoasi endi kim bilan o‘ynaydi?
Uchrashuv Ispaniyadagi, «Vilyarreal»ning uy o‘yingo hisoblangan, «Keramika» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, dastlabki rejaga ko‘ra, bu sanada Yevropaning amaldagi chempionlari Amerika Kubogi-2024 va JCH-2022 g‘olibi Argentina bilan Finalissima’da maydonga tushishlari kerak edi. Qatarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bahs keyinchalik UYEFA va KONMEBOL qaroriga ko‘ra bekor qilindi.
Argentinadan tashqari Qatarda «Furiya Roha» 30-mart kuni Misr milliy jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi kutilayotgandi. Biroq bu bellashuv ham bekor qilindi.
Milliy jamoa ustozi Luis de la Fuente Ispaniyaning bo‘lajak o‘yinlar uchun tarkibini 20-mart kuni e’lon qiladi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan