fbpx Betguru » Yamal 18 yoshida 100 ta gol+assist qayd etgan ilk futbolchiga aylandi
Monday, 2 March 2026
← Go to the news

Yamal 18 yoshida 100 ta gol+assist qayd etgan ilk futbolchiga aylandi

«Barselona» vingeri jahon futboli tarixida noyob natijani qayd etdi.

Yamal 18 yoshida 100 ta gol+assist qayd etgan ilk futbolchiga aylandi

«Barselona» hujumchisi Lamin Yamal 18 yoshida 100 ta samarali harakat amalga oshirgan futbol tarixidagi ilk o‘yinchiga aylandi. Bu haqda One Football platformasi ma’lum qildi.

Ispaniya chempionatining 26-turi doirasida «Vilyarreal»ga qarshi bahsdan (4:1) so‘ng yosh vinger hisobida 49 ta gol va 52 ta golli uzatma mavjud.

Ta’kidlanishicha, «Barselona»ning sobiq hujumchisi Lionel Messi hamda Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Krishtianu Ronaldu 100 ta samarali harakat marrasiga faqat 21 yoshida yetib kelgan.

Yamal ushbu natijani qayd etish uchun 166 ta bahs o‘tkazdi. Taqqoslash uchun, Messi bu ko‘rsatkichga 159 o‘yinda erishgan bo‘lsa, Ronalduga 236 ta uchrashuv talab qilingan.

image